Fortepiano yo’nalishi ixtisoslashtirilgan san’at maktabida alohida yo’nalish bo’lib, ko’p yillik tarixga ega. Ijrochilik masalalari bo’yicha maxsus adabiyotlar bilan ta’minlangan. Ustozlari bo’lim yig’ilishlarida bir-biri bilan tajriba almashadi, o’quvchilarni akademik kontsert va imtixonlarda chiqishlarini muhokama qilishadi hamda ochiq mashg’ulotlar olib borishadi. Fortepiano bo’limida yakka ijrochilik, kamer ansambl, fortepiano ansambli, jo’rnavozlik sinfi kabi darslar o’tiladi. Bu cholg’u sozida taxsil olish uchun bolalar musiqa va san’at maktablarini tamomlagan iqtidorli bolalar tanlab olinadi.
Repertuarda milliy va jahon kompozitorlarining asarlari ijro qilinadi. Bax, Motsart, Betxoven, SHopen, Raxmaninov, Prokofьev, SHostakovich kabi buyuk kompozitorlar hayoti va ijodi o’rganiladi.
O’quvchida ijrochilik irodasi, ichki eshitish qobiliyati, musiqiy xotira, asarlarda badiiy-emotsional tomonlarini to’g’ri talqin qilish, birin-ketin rivojlantiriladi. Har bir o’quvchini ijrochilik mahorati shakllantirib boriladi. O’z yakkaxon ijrochiligi va kollektiv ijrochilikda asarni to’g’ri talqin etish, xarakterni ijrochilik ko’rsatib berish, mohir san’atkorni asosiy vazifalaridir. Bitiruvchilarga fortepiano o’qituvchisi, jo’rnavoz kabi ixtisosliklar beriladi.