Havaskorlik xor jamoasi dirijyorligi yo’nalishi umumta’lim maktablarida musiqa o’qituvchisi, xor to’garagi rahbari, bolalar musiqa va san’at maktablarida xor rahbari shu bilan birgalikda maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa rahbari mutaxassisliklarini tayyorlaydi. Xor dirijyorligi yo’nalishida musiqiy-nazariy fanlardan tashqari mutaxassislik fanlari, xor dirijyorligi, fortepiano, ovozni yo’lga qo’yish, xor partituralarini o’qish, ijro maxorati fanlari yakka tartibda o’qitiladi. Yana guruhli mutaxassislik fanlari mavjud bo’lib, bular, xor sinfi, xor fanini o’qitish uslubiyoti fanlaridir.
O’quvchilar amaliyotni bolalar musiqa va san’at maktablarida o’rganishadi. U yerda xor jamoalari bilan ishlash, jarayonini kuzatib, xor bilan ishlashadi, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi. Mutaxassislik darslarida turli davr, uslub, janrdagi eng yaxshi xor asarlari bilan amaliy tanishadilar, xor partituralarini erkin va bemalol o’qiy oladilar. Vokal-xor ko’nikmalarini o’zlashtiradilar. Ansambl tarkibida hamkorlikda kuylash ko’nikmalarini o’zlashtiradilar. Dirijyorlik texnikasi ko’nikmalari, xor dirijyorligi ijrochiligi bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’ladilar. Ta’lim muassasasida bo’lib o’tadigan tadbirlarda xor jamoada ishtirok etib sahna madaniyati bilan tanishadilar. SHahar va viloyat madaniyat tadbirlarida ham ishtirok etish orqali o’z mahoratlari, olgan bilim va ko’nikmalarini ko’rsatadilar. Ta’lim muassasasining xor jamoasi shahar va viloyatda bo’lib o’tadigan tadbir va ko’rik-tanlovlarda ishtirok etib faxrli o’rinlarni egallab kelgan. Xor dirijyorligi yo’nalishi sog’lom, dunyoqarashi keng, har tomonlama rivojlangan shaxs, yetuk mutaxassis – musiqa o’qituvchisi hamda ijrochilarni yetishtirib chiqaradi.