An’anaviy vokal artisti
An’anaviy vokal artisti yo’nalishi bolalar musiqa va san’at maktablarida An’anaviy vokal artisti o’qituvchisi, umumta’lim maktablarida musiqa o’qituvchisi, maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa rahbari va madaniyat uylarida musiqa rahbari bo’lib yosh avlodga ta’lim tarbiya beradi. An’anaviy vokal artisti yo’nalishi o’quvchilari ixtisosligi bo’yicha mutaxassislik, ansambl sinfi, an’anaviy honandalik uslubiyoti, an’anaviy honandalik kontsert ijrochilk amaliyoti, ovoz sozlash, jo’rnavozlik, umumiy fortepiano, xalq cholg’ularini o’rganish va shu singari ko’plab maxsus fanlardan oliy toifali malakali o’qituvchislardan bilim oladi.
Maxsus fanlar bilan birgalikda xalq kuylarini notalashtirish, an’anaviy cholg’u, xalq cholg’u hamda fortepiano cholg’usini mukammal o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ushbu yo’nalishga yuqori eshitish qobiliyatiga ega bo’lgan o’quvchilar sinov asosida tanlab olinadi. An’anaviy vokal artisti yo’nalishi bo’yicha hozirgi kunda yoshlarga ta’lim tarbiya berib kelayotgan o’qituvchilar O’zbekiston Davlat konservatoriyasida taxsil olgan o’qituvchilardir. An’anaviy honandalik yo’nalishida taxsil olayotgan o’quvchilar tuman, shahar, respublika hamda xalqaro tanlovlarda, tadbirlarda faol ishtiroki bilan o’z iste’dodlarini namoyon qilib kelmoqdalar.