Amaliy grafika

«Grafika» iborasining mazmuni yunon(grek.) cha graphike, grapho – yozaman, chizaman, rasm ishlayman mazmunini anglatadi. Tasviriy san’atning keng tarqalgan va eng ommabop turi grafika san’ati hisoblanadi. Oddiy qora qalamda chizilgan surat, kitobning ichki va tashqi tomoniga ishlangan turli badiiy chizma va bezak rasmlar, yo’l chiptasidan tortib murakkab rasmiy pul va lotarey qog’ozlari, plakat, etiketka, o’rama(upakovka), markalar shu san’atning turli ko’rinishlari hisoblanadi. Grafika asarlari o’zining ishlanish uslubiga qarab qalamtasvir, gravyura( ksilografiya, litografiya, ofort) deb yuritiladi. Bu rasmlar oddiy qora qalam, pero, ruchka, mo’yqalamda ishlanishi mumkin.

Bu fan o’quvchilarga o’tmishdagi  mahoratli mutaxassislar tajribasini o’rganib, zamonaviy yuksak  malakali mutaxassis tayyorlashga zamin yaratadi, grafika san’atining qadimiy an’analari bilan zamonaviy usullarni uyg’unlashtirgan holda kompozitsiyalar yaratishga o’rgatadi, grafik rassomlarining ijodlari va ular yaratgan asarlar haqida tushunchalar beriladi, badiiy adabiyotlar yordamida badiiy elementlarning ishlanishi borasida mahoratini oshirib boradi va shu orqali kompozitsiyalar tuzish kanunlarini o’rgatadi.

Dars  paytida o’quvchilar olgan  nazariy bilimlar amaliy ishlar bilan mustahkamlanadi. Nazariy mashg’ulotlar paytida o’quvchilar ba’zi ma’lumotlarni daftariga qayd etib boradi. Darslarda fotosuratlar, ko’rgazmali qurollardan  foydalaniladi. O’quvchilarni olayotgan bilim, malaka va ko’nikmalari  ballar asosida doimiy baholab  boriladi. Yakuniy  baho chorak oxirida o’quvchi  bajargan ish ko’rigi natajasiga ko’ra qo’yiladi.

2 1


Statistika

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29