Badiiy liboslar dizayneri yo’nalishi fani kiyim modasidasi, atama, uslublarga ta’riflar, kostyum, liboslar modasidagi yo’nalish va uslublarga taьrif, hozirgi zamon, ya’ni shu bugungi kiyim modasi nuqtai nazaridan berilib, kompozitsiya, kostyum kompozitsiyasi va garmonik kompozitsiya tashkil etuvchilari haqida o’rgatadi.

Ushbu fan kiyim tuzilishi, kiyim tuzilmasining chizmasini hosil qilish yoki boshqacha qilib aytganda, kiyimni konstruktsiyalashlash haqida bilimlarni beradi.

“Badiiy liboslarni modellashtirish” fani bo’lajak libos dizaynerlari, libos dizayni sohasida endi ish yuritayotgan, ijod qilayotgan yosh mutaxassislar, kiyim yaratishga qiziquvchilar uchun modelni texnik eskizini chizish usullaridan boshlab, murakkab ko’rinishi va shaklli modellarni tahlil qilish tartiblari, tuzilmalarning hosil qilish usullari va qoidalarini o’rgatadi.

Badiiy liboslar dizayneri yo’nalishi bo’yicha o’quvchilar inson gavdasidan o’lchov olish qoidalari, kiyim tuzilmasini tashkil etuvchi konstruktiv qo’shimchalar, ayollar, erkaklar, bolalar yengil va ustki kiyimlarning konstruktsiyalarsi asoslarini hisoblash  va tuzish haqida bilimga ega bo’ladi. Bundan tashqari konstruktsiyalar asoslarini hisoblash va tuzish usullari jadvallari, jadvallarning qulayligi, kiyim konstruktsiyasini tashkil etuvchi har bir kesmaning tartib raqami, kesmaning siljish yo’nalishi, kesma uzunligini hisoblash formulalarini tushunarli va aniq qo’llash bo’yicha ko’nikmaga ega bo’ladi.

Ushbu fanda olgan bilim va ko’nikmalarni tikuvchilik sanoatini rivojlantirish, aholini sifatli va bejirim kiyim – kechaklar bilan ta’minlashda kasbiy ish – harakat usullarini maqsadga muvofiq maksimal darajada aniq, tez va talab darajasida malakali foydalanishda qo’l keladi.

DSC_0164


Statistika

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29