Teatr sahna bezaklari rangtasviri rassomi rassomchilikning keng qamrovli sohalaridan. Dunyo teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilayotgan har bir asarning yaratilishida teatr rassomining o’rni beqiyos. Sahna bezaklari rangtasviri rassomi teatrda ijod qilar ekan , turli yo’nalish, mavzudagi spektakllar uchun sahna bezaklarini tayyorlaydi ,ularning muvaffaqiyatiga rejissyor va aktyorlar bilan birgalikda birday xizmat qiladi.
Mutaxassisdan rassomchilikning barcha turlarini bilishi talab etiladi.. Kasb talabidan kelib chiqib o’quvchilarga rangtasvirdan tashqari grafika, haykaltaroshlik, arxitektura, xalq amaliy san’ati asoslari o’rgatiladi. Teatr sahnasida ishonarli muhit, olam yarata olishi uchun kerakli sohalar duradgorlik, chilangarlik, elektriklik, tikuvchilik , bichish, tikish, butaforiya, pardoz, grim ishlari va boshqa soxalardan ham bevosita xabardor qilinadi..
Bu yo’nalish bo’yicha taxsil oladigan o’quvchilarga o’qish davomida turli darajadagi ko’rik tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Maktabning diplomi bilan istagan oliy o’quv yurtida o’qishni davom ettirish uchun maxsus dastur asosida yetarli darajada bilimlar berish kafolatlanadi.
“Teatr sahna liboslari dizayneri” mutaxassisligi xozirgi davrdagi rivojlanib borayotgan soxalardan. Bu mutaxassislikni taxsil olayotgan o’quvchilar kelajakda teatr, kino, shou-biznes olami uchun turli libos va liboslar kollektsiyasini yaratish imkoniga ega bo’ladilar.Buning uchun turli davr, millat, yo’nalishlarga oid liboslar tarixi , teatrlar tarixi, ababiyot bilan tanishtirib boriladi. “Teatr sahna liboslari dizayneri” mutaxassisi dunyo teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilayotgan har bir asarning yaratilishida beqiyos xissasini qo’shadi. Teatr, kino, shou biznesda ijod qilar ekan , turli yo’nalish, mavzudagi spektakllar uchun, turli shou tadbirlari uchun sahna liboslarini tayyorlaydi ,aktyor va raqqosa, qo’shiqchilarning muvaffaqiyatiga rejissyor va sahna rassomi bilan birday xizmat qiladi.
Mutaxassisdan rassomchilikning barcha turlarini bilishi talab etiladi.. Kasb talabidan kelib chiqib o’quvchilarga rangtasvirdan tashqari grafika, haykaltaroshlik, arxitektura, xalq amaliy san’ati asoslari o’rgatiladi. Teatr sahnasida ishonarli muhit, olam yarata olishi uchun kerakli sohalar tikuvchilik , bichish, tikish, butaforiya, pardoz, grim ishlari va boshqa soxalardan ham bevosita xabardor qilinadi..
Bu yo’nalish bo’yicha taxsil oladigan o’quvchilarga o’qish davomida turli darajadagi ko’rik tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Maktabning diplomi bilan istagan oliy o’quv yurtida o’qishni davom ettirish uchun maxsus dastur asosida yetarli darajada bilimlar berish kafolatlanadi.