Qo’qon ixtisoslashtirilgan sa’at maktabi 1977 yilda Qo’qon san’at bilim yurti sifatida tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezdentining “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida” 1997 yil 23 yanvardagi PF-1701-sonli farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 1997 yil 11 martdagi 131-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufiga o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 sentyabrdagi 406-sonli qaroriga asosan, Qo’qon shahar hokimining 2001 yil 6 iyundagi 334/2-sonli qaroriga muvofiq Qodirjon Xaydarov nomidagi Qo’qon tasviriy va amaliy san’at kasb-hunar kollejiga aylantirildi, Davlat ro’yxatidan qayta o’tkazilgan.

Qo’qon shahar hokimining 2014 yil 3 iyuldagi 394-sonli qaroriga asosan, 2015 yil qurilish manziliy dasturiga kiritilib, 2015 yilda mukammal ta’mirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2019 yil 9 yanvardagi 9-sonli qarori hamda O’zbekiston Badiiy akademiyasining 2019 yil 11 yanvardagi I-497-sonli buyrug’iga asosan Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi deb yangi tahrirda nomalandi.

Mazkur Uctav O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’pisida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”  2017 yil 16 avgustdagi  PQ-3219-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2017 yil 1 dekabrdagi 957-sonli qarori, “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2019 yil 9 yanvardagi 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlar to’g’risida” Nizomga, “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to’g’risida” 1998 yil 5 yanvardagi 5-sonli qarorining 3 ilovasiga asosan qabul qilingan “Ta’lim muassasalapi Ustavini ishlab chiqish tartibi to’g’risida”gi Nizomga hamda O’zbekiston Badiiy akademiyasining “O’zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatdarining namunaviy ustavini tasdiqlash to’g’risida” 2019 yil 30 yanvardagi I-506-sonli buyrug’iga asosan ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatlarining Ustavida ko’rsatiladigan asosiy qoidalarni belgilaydi.


Statistika

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29