Rangtasvir deb rangli ashyo-materialda (bo’yoqlar-akvarel, moybo’yoq, tempera, guash, yelim bo’yoq, rangli tosh, shisha va va x.k.) biror yuzaga (qog’oz, mato, taxta, devor va boshqa) ishlangan rassom asariga aytiladi.
Rangtasvir o’quv fani ta’lim muassasasida o’quvchilarga dastgohli rangtasvir asarlarini ishlash yo’llarini, natyurmort, portret, odamning har-xil holatlaridagi postanovkalarini turli material va ranglarda ishlash ko’nikmalarini shakillantirishni o’rgatadi. Darslar jarayonlarida o’quvchilar suvbo’yoqda ishlash texnikasi, moy bo’yoqlar bilan ishlash texnikasini o’zlashtiradilar, sodda va murakkab mavzulardagi natyurmortlar ishlash, odam boshini grizalda va ranglarda ishlash, naturachi yarim gavdasini grizalda va ranglarda ishlash, realistik rangtasvir qonunlari, issiq va sovuq ranglar, kolorit, ritm, tus, yorug’lik, rang dog’i, umumiy tus va rang bo’yog’i, turli tasvirlash materiallari xususiyatlari, rang uyg’unligi qonuniyatlari, turli tasvirlash vositalaridan foydalanish yo’llari, rang gammasi, motiv, yaxlit ko’rish, rangtasvir ishlash usullarini, Naturachi to’liq qomatini grizalda va ranglarda ishlashni o’quvchilar o’rganishadi, nazariy bilimlar amaliy ishlar bilan mustahkamlanadi. Darslarda fotosuratlar, ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi. O’quvchilarni olayotgan bilim, malaka va ko’nikmalari ballar asosida doimiy baholab boriladi. Yakuniy baho chorak oxirida o’quvchi bajargan ish ko’rigi natajasiga ko’ra qo’yiladi.
Rangtasvir o’quv fanini o’rganish borasida o’quvchilar turli o’quv fanlar bilan yaniy “CHizmatasvir”, “Rangshunoslik”, “Perspektiva”, “Plastik anatomiya”, “Tasviriy va memorlik san’at tarixi”, “Kompozitsiya”, “Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi” o’quv fanlari bilan bog’liq ravishda o’rganib borishadi.