Musiqa nazariyasi yo’nalishi bolalar musiqa va san’ati maktablarida musiqa nazariyasi, solfedjio, musiqa adabiyoti, umumiy fortepiano, jo’rnavoz, umumta’lim maktablarida musiqa o’qituvchisi, maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa rahbari mutaxassisliklarini tayyorlovchi, yosh avlodga ta’lim tarbiya beradi. Musiqashunos ixtisosligi bo’yicha musiqa tarixi, musiqa nazariyasi, musiqiy pedagogika, musiqiy tanqidchilik, musiqiy muxarrirlik, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ham faoliyat ish olib borish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari nodavlat ta’lim muassasalarida faortepiano, kuylash, vokal va bosh musiqiy fanlardan ta’lim berish huquqiga ega. Mutaxassislik fanlardan musiqa tarixi, xorijiy, o’zbek, rus, qardosh xalqlar tojik, qirg’iz, qozoq turkman xalqlarining musiqa ijodini folklor hamda kompozitor, ijodkorlarning ijodi va hyot yo’llarini keng tarzda o’rganadi.

Musiqa nazariyasi fanlarida tovush, interval, akkord, septakkord, xalq ladlari  hamda musiqiy bezaklar tushunchalariga ega bo’ladilar. Musiqa pedagogika yosh avlodga madaniyatni, sahna madaniyatini, ijro holatlarini shaxsning iste’dodini ro’yobga chiqarishda to’g’ri maslaxatchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Musiqiy tanqidchilik va ma’naviy-ma’rifiy sohada esa mukammal ilmga ega bo’lgan holda musiqiy did, estetik go’zalliklarni farqlay olish, jamiyatning umumiy saviyasini o’stirishga o’z fikr-muloxazalari bilan yondosha oladilar. Fortepiano ijrochiligi borasida bu sohaning mutaxassislari to’liq tushunchaga ega bo’lishadi. Ixtisoslashtirilgan maktablarda fortepiano ixtisosligi mutaxassislaridan qolishmagan holda ilm oladilar va shu sohaning mutaxassislari bo’lib tarbiyalanadilar.

Solьfedjio fanida esa o’z ovozlarini to’liq boshqarishga, sof kuylashga, quloqlar musiqiy eshitishga, qo’l va ovoz, ko’z harakatlarini birgalikda xarakatiga keltirishga erishadilar. SHu bilan birga musiqiy xotirani rivojlantirishga erishadilar. Musiqa nazariya, garmoniya, solfedjio fanlaridan II toifali o’qituvchi D.Isaqova, musiqiy tanqidchilik va notiqlik amaliyoti fanlaridan II toifali o’qituvchi R.Alimov, xorij, o’zbek, MDX musiqa adabiyoti fanlaridan G.Xodjaeva, garmoniya, solfedjio fanlaridan A.Mirzaev, yakka garmoniya fanlaridan N.G’afforovlar dars berib kelmoqdalar.


Statistika

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29