Qo’qon ixtisoslashtirilgan sa’at maktabi 1977 yilda Qo’qon san’at bilim yurti sifatida tashkil etilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezdentining “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida” 1997 yil 23 yanvardagi PF-1701-sonli farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 1997 yil 11 martdagi 131-sonli qaroriga asosan O’zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufiga o’tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 23 sentyabrdagi 406-sonli qaroriga asosan, Qo’qon shahar hokimining 2001 yil 6 iyundagi 334/2-sonli qaroriga muvofiq Qodirjon Xaydarov nomidagi Qo’qon tasviriy va amaliy san’at kasb-hunar kollejiga aylantirildi, Davlat ro’yxatidan qayta o’tkazilib, 2001-2018 yillrad shu nom faoliyat olib bordi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2019 yil 9 yanvardagi 9-sonli qarori hamda O’zbekiston Badiiy akademiyasining 2019 yil 11 yanvardagi I-497-sonli buyrug’iga asosan Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi deb yangi tahrirda nomalandi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi Ustavi tasdiqlandi.
Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’tgan yillar davomida ushbu mo’’tabar dargoh shaharning o’ziga xos madaniy-ma’rifiy beshigi, san’at sohasiga kirib kelayotgan iste’dodli yoshlarning tasviriy va amaliy san’at hamda musiqiy ijrochilik mahoratini takomilga yetkazadigan, komil insonlar qilib tarbiyalaydigan ijodxonaga aylandi desak, mubolag’a bo’lmaydi.
Bugungi kunda ushbu bilim maskanini bitirib chiqqan ko’plab ijodkorlar endilikda ustoz maqomiga yetib, milliy madaniyatimiz va san’atimiz rivojiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. Mamlakatimizda o’tkaziladigan ko’plab umumxalq bayramlarida, nufuzli xalqaro tasviriy va amaliy sn’at, musiqa va ijrochilik tanlovlarida faol ishtiroki, qo’lga kiritayotgan yutuqlari ko’ngillarga surur bag’ishlaydi.
Har bir shaharning el-yurtda mashhur, obro’-e’tiborli, uzoq yillar davomida milliy madaniyat rivojiga, yosh avlod tarbiyasiga o’zining munosib hissasini qo’shib kelayotgan madaniy-ma’rifiy dargohlari bo’ladi. Ilmiy muassasalar, oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlari, teatrlar, kontsert zallari, kutubxonalar, mehnat ahli miriqib dam oladigan so’lim oromgohlar, olis moziy nafasi ufurib turgan ziyoratgohlar, so’lim bog’lar shular jumlasidandir.
Dastlab, 1977 yilda Qo’qon san’at bilim yurti sifatida tashkil etilgan bo’lib, unda 12 nafar malakali pedagog-o’qituvchilar bilan ish faoliyatini boshlagan.
1981 yili tasviriy va amaliy san’at hamda musiqa sohalarida maxsus bilim olgan 49 nafar birinchi qaldirg’ochlar o’qishni tugallab, respublikaning madaniyat va san’at dargohlarida mehnat faoliyatlarini boshlashgan.
Qo’qon davlat san’at bilim yurti faoliyati davomida (1977-1999) jami 954 nafar bitiruvchilar taxsil olgan.
Kollej maqomiga ega bo’lganidan keyin esa hozirga qadar (2001-2019) jami 2277 nafar o’quvchilar tamomlagan.
Qo’qon davlat san’at bilim yurti ochilib, shu davrgacha jami 3231 nafar bitiruvchilar tamomlagan.
O’tgan yillar mobaynida bu dargohda taniqli ustozlardan san’at sirlarini qunt bilan egallagan, tasviriy, amaliy san’at va ijrochilik mahoratini takomillashtirgan, san’at va ma’naviyat olamiga shu qutlug’ dargohdan kirib kelgan sobiq talabalarni bugun nainki shaharning o’zida, vodiyda, butun mamlakatda hatto, xorijda ham ko’rish, san’atlaridan bahramand bo’lish mumkin.
Jumladan, Muxsinjon Mo’minov – honanda, hozirda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist.
Nasiba Sodiqova – “Iste’dod” dutorchilar ansamblining ta’sischisi, “Dilxush navolar”, “Dutor uchun gamma, etyud va mashqlar” kitoblarining muallifi.
Nozim Qosimov – O’zbekiston Davlat konsevatoriyasining prorektori, professor.
SHerali Raxmonov – honanda, “SHuxrat” medali sohibi.
Oyshaxon Xusenova – Toshkent Madaniyat kollejining “Xalq ijodiyoti” bo’limi boshlig’i.
Yusupov Inomjon – Farg’ona viloyati Buvayda tumani bolalar musiqa va san’at maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Usmonov Saydali – Qo’qon shahar Qo’qon shahridagi 6-bolalar musiqa va san’at maktabida direktor vazifasida ishlab, hozirda shu musiqa maktabida ko’plab yoshlarga o’z bilim malakalarini o’rgatib kelmoqda.
Usmonova Ma’muraxon – Farg’ona viloyati O’zbekiston tumani bolalar musiqa va san’at maktabi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kollejda taxsil olgan Ashurov Anvarjon, Isroilov Umidjon, Mamatqulova Sayyoraxonlar “Nihol” davlat mukofoti sovrindori bo’lishgan.
Bundan tashqari mazkur ta’lim muassasasini tamomlab, hozirda Xorij davlatlarida san’at sohalarida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar ham mavjud. Bulardan, Ibragimova Ilьmira – Rossiya Federatsiyasining Ulьyanovsk shahrida musiqa maktabda jaz bo’limida boshlig’i.
Zaralidi Anjela – Gretsiya davlati Afina shahrida musiqa maktabida fortepiano o’qituvchisi.
Salduridi Marina – Gretsiya davlati Afina shahrida musiqa maktabida fortepiano o’qituvchisi.
Goglazina Svetlana – Rossiya federatsiyasi Volgograd shahrida musiqa maktabida fortepiano o’qituvchisi hamda O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari.
Lukomskaya Olьga – Rossiya Federatsiyasi Abinsk shahrida musiqa maktabida fortepiano o’qituvchisi.
Xionidi Nikolay – Gretsiya davlati Afina shahrida orkestr jamoasida klarnet, saksofon ijrochisi.
Andreev Andrey – Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida xarbiy duxovoy orkestri rahbari.
Avezov Boris – Amerika Qo’shma SHtatlari Nьyu-York shahrida “Karavan” eshittirishi radioboshlovchisi.
O’quv yillari davomida bilim yurtini tamomlab bir qancha yutuqlarga erishgan va hozirda Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida faoliyat olib borgan o’qituvchilardan Mirzaev Rustamjon 1998 yilda “Xalqaro Amir Temur” sitipendiyasi soxibi; 1999 yilda “Respublika yosh rassomlar” ko’rik tanlovi 1-o’rin diplomi; 2000 yilda “Ulug’bek jamg’armasi” ko’rik tanlovi 1-o’rin diplomi; 2001 yilda “Ulug’bek jamg’armasi” ko’rik tanlovi 1-o’rin diplomi kabi ko’plab yutuqlarga erishgan, hozirda O’zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, ta’lim muassasada mutaxassislik fani o’qituvchisi vazifasida ko’plab yoshlarga o’z bilim malakalarini o’rgatib kelmoqda.
Meliqo’ziev Ravshanjon 2005 yilda “Xalqaro Amir Temur” stipendiyasi soxibi, hozirda ta’lim muassasada mutaxassislik fani o’qituvchisi vazifasida ko’plab yoshlarga o’z bilim malakalarini o’rgatib kelmoqda.
Fayzullaeva SHaxzoda – 2005 yil, “Kelajak ovozi” respublika bosqichi ishtirokchisi; 2008 yil, O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi hamda O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan o’tkazilgan “Navqiron O’zbekiston” III an’anaviy va zamonaviy san’at festivali respublika bosqichi ishtirokchisi, sertifikat; 2014 yil, “Tasviriy san’at festivali” diplomlari bilan taqdirlangan.
Yuldasheva Maxfuza – 2009 yil, “Tasviriy san’at +5 haftaligi” bronza medali sohibi; 2013 yil O’zbekiston Badiiy akademiyasining “Badiiy ijod muammolari – yoshlar talqinida” ilmiy-amaliy konferentsisining sertifikati.
Karimova Dilyoraxon – 2016 yil, “Moda haftaligi” respublika bosqichi g’olibi.
Maktab faoliyati davomida har tomonlama kamolga yetgan yangi barkamol avlodni tarbiyalash, ular qalbiga ona-Vatanga muhabbat, ulug’ ajdodlarga munosib vorislar bo’lish tuyg’usini singdirish borasidagi o’quvchilarni tarbiyalab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida o’quv-tarbiya ishini yangi sifat bosqichiga ko’tarish, samaradorligini ta’minlash, o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni faol jalb etish, har bir o’quvchining individual xususiyati va iqtidorini hisobga olgan holda ish tutish, tasviriy va amaliy san’at, musiqiy va ijrochilik qobiliyatlarini to’la namoyon etishiga sharoit yaratish uchun tinimsiz ish olib borib, e’tiborga molik natijalarga erishilmoqda.
Hozirda Qo’qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida 1 nafar Oliy toifali, 3 nafar 1-toifali, 36 nafar 2-toifali 60 dan ziyod mutaxassis o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
O’qituvchilarimiz ham ko’plab yutuqlarga erishganlar, jumladan, Qosimov Mahsud Qosimovich – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 29 sentyabrdagi PF-2715-son Farmoniga asosan «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi».
Ortiqmatov Yuldashali – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi ko’krak nishoni.
Nazirqulova Maxfiratxon – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi ko’krak nishoni.
Shermatov Ikromjon – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligi ko’krak nishoni.
Tojiboev Ergashali – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yilligi ko’krak nishoni.
2017 yilda o’qituvchi Q.Ma’murov Badiiy Akademiya faoliyatidagi faolligi, badiiy ta’lim rivojiga, yoshlarni vatanparvarlik va milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo’shgan hissasi uchun “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
2017 yilda E.Sadikova Badiiy Akademiya faoliyatidagi faolligi, badiiy ta’lim rivojiga, yoshlarni vatanparvarlik va milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo’shgan hissasi uchun “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda ta’lim muassasasida taxsil olayotgan o’quvchilar ham ko’plab yutuqlarga erishmoqdalar.
Jumladan, 2017 yilda 26 nafar o’quvchi xalqaro konkurs-festivallar g’olibi, 10 nafari Respublika tanlovlari g’olibligini qo’lga kiritgan.
2018 yilda 12 nafar o’quvchi xalqaro konkurs-festivallar g’olibi, 8 nafari Respublika tanlovlari g’olibligini qo’lga kiritgan.
2019 yil davomida 14 nafar o’quvchi xalqaro konkurs-festivallar g’olibi, 10 nafari Respublika tanlovlari g’olibligini qo’lga kiritgan.
Ta’lim muassasasi faoliyati davomida Qo’qon shahri va atrof tumanlarda joylashgan bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat uylari, “Barkamol avlod” to’garaklarini yetuk kadrlar bilan ta’minlab kelmoqda.
Ta’lim muassasasini 2016-2017 o’quv yili bitiruvchilaridan 18 nafari 10,7%, 2017-2018 o’quv yili bitiruvchilaridan 40 nafari 25,6%, 2018-2019 o’quv yili bitiruvchilaridan 54 nafari 35%i oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirganlar.
2016-2019 yillarda jami 9 nafar bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli grand asosida qabul qilindi.