Teatr sahna bezaklari  rangtasviri rassomi rassomchilikning keng qamrovli sohalaridan. Dunyo teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilayotgan har bir asarning yaratilishida teatr rassomining o’rni beqiyos.  Sahna bezaklari  rangtasviri rassomi  teatrda ijod qilar ekan , turli yo’nalish, mavzudagi spektakllar uchun sahna bezaklarini tayyorlaydi ,ularning muvaffaqiyatiga rejissyor va aktyorlar bilan birgalikda birday xizmat qiladi.

Mutaxassisdan   rassomchilikning barcha turlarini bilishi talab etiladi.. Kasb talabidan kelib chiqib o’quvchilarga  rangtasvirdan tashqari grafika, haykaltaroshlik, arxitektura, xalq amaliy san’ati asoslari o’rgatiladi.  Teatr sahnasida ishonarli muhit, olam yarata olishi  uchun kerakli sohalar  duradgorlik, chilangarlik, elektriklik, tikuvchilik , bichish, tikish, butaforiya, pardoz, grim ishlari  va boshqa soxalardan ham bevosita xabardor qilinadi..

Bu yo’nalish bo’yicha taxsil oladigan o’quvchilarga  o’qish davomida turli darajadagi ko’rik tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Maktabning  diplomi bilan istagan oliy o’quv yurtida o’qishni davom ettirish uchun     maxsus dastur asosida   yetarli  darajada bilimlar berish kafolatlanadi.

“Teatr sahna liboslari dizayneri” mutaxassisligi xozirgi davrdagi  rivojlanib borayotgan soxalardan. Bu mutaxassislikni taxsil olayotgan o’quvchilar kelajakda teatr, kino, shou-biznes olami uchun turli libos va liboslar kollektsiyasini yaratish imkoniga ega bo’ladilar.Buning uchun turli davr,  millat, yo’nalishlarga oid liboslar tarixi , teatrlar tarixi, ababiyot bilan tanishtirib boriladi.  “Teatr sahna liboslari dizayneri” mutaxassisi  dunyo teatrlarida muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilayotgan har bir asarning yaratilishida  beqiyos xissasini qo’shadi.  Teatr, kino, shou biznesda ijod qilar ekan , turli yo’nalish, mavzudagi spektakllar uchun, turli shou tadbirlari uchun sahna liboslarini tayyorlaydi ,aktyor va raqqosa, qo’shiqchilarning   muvaffaqiyatiga rejissyor va sahna rassomi  bilan   birday xizmat qiladi.

Mutaxassisdan   rassomchilikning barcha turlarini bilishi talab etiladi.. Kasb talabidan kelib chiqib o’quvchilarga  rangtasvirdan tashqari grafika, haykaltaroshlik, arxitektura, xalq amaliy san’ati asoslari o’rgatiladi.  Teatr sahnasida ishonarli muhit, olam yarata olishi  uchun kerakli sohalar   tikuvchilik , bichish, tikish, butaforiya, pardoz, grim ishlari  va boshqa soxalardan ham bevosita xabardor qilinadi..

Bu yo’nalish bo’yicha taxsil oladigan o’quvchilarga  o’qish davomida turli darajadagi ko’rik tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati beriladi. Maktabning  diplomi bilan istagan oliy o’quv yurtida o’qishni davom ettirish uchun     maxsus dastur asosida   yetarli  darajada bilimlar berish kafolatlanadi.

3

 

hf1

jjn


Statistika

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29