O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik yosh sozanda-cholg’uchilarni barkamol tarbiyalash tizimidagi majburiy fanlardan biri bo’lib hisoblanadi. O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik buyicha barcha ish shakllari o’quvchining mutahassislik sinfida o’rganiladigan dasturga asoslanadi, shu sababli ham o’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik kontsert-ijrochilik amaliyoti bevosita mutahassislik o’qituvchisining raxbarligi ostida olib boriladi.
Bunday ishning amaliy jixatdan muvofikligiga xech qanday shubxa yo’q, chunki mutahassislik kursi talablarining zaruriy minimumi o’tilgan dasturni faqatgina bir marotaba ommaviy tarzda ijro etish imkoniyatini beradi. Biroq, bundan ko’rinadiki, to’laqonli ijrochilik maxoratini egallash uchun buning o’zi yetarli emas. Faqat dasturni ochiq sahnada bir necha bor ijro etish jarayoni muvaffaqiyatli ijrochilik faoliyati uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Sinfda o’zlashtirilgan dastur sahna sharoitida omma oldida ijro etish ruhiy qonunlari amal qiladigan yangi sharoitga tushadi. Bunday sharoit ijrochilik irodasining mashq qilinishini, auditoriyani eshita olish ko’nikmasini, ommaning tinglab qabul qilish qonuniyatlarini seza olish va bilishni talab etadi. Shu sababli dasturni “ko’rsatish”ga tayyorlash sinfdagi ish bilan tugamaydi, balki sahnadagi ijro etish bilan dastur “pishib”, “yetilib” boradi. Shunday qilib, sozanda yoki honandaning ijrochilik maxorati uning sahnadagi ijodiy holati bilan to’g’ridan-to’gri aloqadordir.
O’quvchilarning mutaxassislik, kontsert-ijrochiligi fanlari bo’yicha asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: obrazli-intonatsion fikrlashning shakllanishi va mustaxkamlanishi; professional-ijrochilik ko’nikmalarining takomillashtirilishi; o’z-o’zini artistik jihatidan nazorat qilish, o’zini tuta bilish, ijodiy faollik, texnik va badiiy mezon, diqqatning “keng” va “tor” ko’nikmalarini shakllantirish.