Yog’och o’ymakorlik fanidagi uslublarini chuqur o’rganish, ularda ijodiy amaliyot joriy qilish, tabiiy ashyolar (yog’och turlari) bilan ishlash o’quvchilarda qunt, chidam, qat’iyat, yog’och o’ymakorlik san’atini qiziqarli o’ziga xos qirralariga qiziqishlarini rivojlantirish maqsadini qo’yadi.

Yog’och o’ymakorligi amaliy san’atining bir turi bo’lib, uning xilma-xilligi, insonni o’ziga jalb etadi va unga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Yog’ochga badiiy ishlov berish ashyolarga o’yish sirlarini maxsus reja asosida o’rgatdi. O’quvchilarni aqliy, ahloqiy, mehnatkash, chidamli, bardoshli, intellektual salohiyatli ijodkor bo’lish ruxida tarbiyalaydi.

Yog’och o’ymakorlik fanida o’quvchilar buyum yasashni va ishlov berish texnologiyasi, ustaxona jixozlari bilan tanishish, xavfsizlik texnikasi qoidalari, an’anaviy, zamonaviy va milliy uslubda yangi turdagi buyumlarni yaratish,  zamonaviy texnika vositalardan to’g’ri foydalanib, buyumlarga badiiy ishlov berish, turli shakldagi texnologik loyixalarini yarata olish bo’yicha bilim va ko’nikma hosil qiladilar.

Milliy badiiy yog’och o’ymakorlik san’ati tarixini bilish, yog’och o’ymakorligida qo’llaniladigan naqsh va uning turlari, naqsh bo’laklarining (elementlarining) ramziy ma’nolari haqida ma’lumotga ega bo’lish, badiiy o’ymakorlikda ishlatiladigan ashyolar va ularning turlari bilan tanishish, badiiy o’ymakorlikda qo’llaniladigan asbob-uskunalarni ishlatish qonun qoidalarini bilish.

Ashyolarga badiiy ishlov berishda – yog’och o’ymakorlik ishlarini bajarishni, har xil hajmdagi, milliy uslubdagi shakllarni loyihalash ishlarini, ustoz va shogird odobini, chuqur fikrlaydigan, yangilik yaratuvchi hunarga ega bo’lish, simmetriya, assimetriya, ritm, dinamika nisbatlarni hamda zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib, milliy badiiy o’ymakorlik ishlarini bajarishlarini bilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Mustaqil, murakkab naqsh namunalarini o’yish va pardozlashni, yog’och o’ymakorlik maktablari xaqida ma’lumotlarni, maktab turlarini bir biridan ajrata olish, uch va ko’p burchakli girix, qo’sh tanobli islim, uch nurli girix, to’ldiruvchisi islimi, besh nurli girix, qo’sh tanobli islimi, pardoz ishlarini bilishlari hamda amalga oshirishlarini o’rganishadi.

2 3 1
4


Statistika

ТАКВИМ

fevral 2016
dusecho pay jushan yak
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29